Yangiliklar
Oliy va professional ta’lim sohasidagi islohotlar
Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda. O‘tgan yil ham ushbu sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlarga boy bo‘ldi.
Oliy ta’lim muassasalari soni 199 tadan 213 tagacha oshdi, ya’ni 14 taga ko‘paydi.
Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va xususiy sektorni jalb etish hisobiga uchta nodavlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi. Davlat oliy ta’lim muassasalari soni 114 tadan 116 tagacha oshdi. Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun 190 mingdan ortiq kvota ajratildi (shundan 34 930 tasi davlat granti asosida).
Mamlakatdagi talabalar soni 1 million 300 mingdan oshdi. Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 38 foizdan 42 foizgacha kengaydi.
2023 yilda oliy ta’lim muassasalarini jami 176 mingdan ortiq talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 59,7 foizga oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari va nomdor davlat stipendiyalariga 1 147 nafar bakalavr talaba qabul qilinib, ulardan 695 nafari stipendiya sohibiga aylandi.
Prezident stipendiyalari va nomdor davlat stipendiyalari uchun ro‘yxatdan o‘tgan 120 nafar magistrantdan 18 nafari ushbu stipendiyalarni qo‘lga kiritdi.
20 ta xorijiy davlat bilan hamkorlikda tayyorlangan 48 ta davlat OTMning qo‘shma ta’lim dasturlari ekspertizadan o‘tkazildi. Ijobiy xulosa bilan 289 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 6 818 ta kvota tasdiqlandi.
QS “Fan yo‘nalishlari reytingi”da ikki OTM 4 ta fan bo‘yicha “Top-500” ro‘yxatiga kirdi. QS “Osiyo universitetlari reytingi – 2024”da 14 ta OTM “Top-1000”dan joy oldi, QS “Barqarorlik reytingi – 2024”da esa 3 ta OTM “Top-1000”ga kirdi.
Scopus va Web of Science bazalaridagi yetakchi jurnallarda 3 574 ta ilmiy maqola chop etildi.
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 10 ta xalqaro darajadagi tadbir tashkil etildi, jumladan rektorlar forumlari va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar.
Professional ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilinib, ular davlat grantlari, dual ta’lim va kredit-modul tizimini joriy etishga oid bo‘ldi.
234 ta kasb bo‘yicha professional ta’limga 179,4 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Texnikumlarda grant o‘rinlari soni 7 832 taga oshirilib, 22 368 taga yetkazildi. 65 nomdagi yangi o‘quv adabiyotlari 49,2 ming nusxada nashr etildi.
2023 yil yakunlariga ko‘ra, davlat ilmiy dasturlari doirasida 558 ta loyiha amalga oshirilmoqda. OTM va ilmiy tashkilotlar tomonidan 486 ta ishlanma tijoratlashtirildi.
110 ta xalqaro qo‘shma ilmiy loyiha ijrosi muvofiqlashtirildi. Shuningdek, bir qator davlatlar bilan yangi xalqaro loyihalar bo‘yicha tanlovlar e’lon qilindi.
2023 yilda davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan doktorantura kvotalari soni 4 307 taga yetkazildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 9 ta startap-loyihalar tanlovi e’lon qilindi. Natijada 54 ta startap loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.
So‘nggi olti yil davomida 700 nafardan ortiq yosh olimlar 30 dan ortiq xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga yuborildi, bu esa ilmiy salohiyatni va xalqarо hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Manba