Ko`rgazma haqida
Ta’lim Expo / ISUE — ta’limning kelajagi haqida muloqot shakllanayotgan joy bo‘lib, ta’lim muassasalari, EdTech kompaniyalari, ta’lim yechimlari provayderlari va oxirgi foydalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarni tashkil etishga qaratilgan yagona B2B tadbirdir. U biznes muzokaralari va hamkorlarni izlash uchun samarali platforma yaratadi.Ko‘rgazma ta’lim muassasalari, EdTech kompaniyalari, davlat va xalqaro tashkilotlar hamda ta’limning barcha segmentlari — bolalik davridan professional rivojlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha soha mutaxassislarini birlashtiradi.
Yangi O‘zbekiston shakllanib borar ekan, yuqori ma’lumotli va malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda, bu esa ko‘rgazmada ishtirok etishni ayniqsa dolzarb qiladi.
Ta’lim Expo / ISUE — eng yaxshi ta’lim amaliyotlari, zamonaviy yechimlar, xizmatlar va ta’lim dasturlarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan amaliy platformadir.
Ko‘rgazma tajriba almashish, yangi hamkorlar topish va professional aloqalarni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Shuningdek, u kompaniyalarga B2B hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish, hamkorlar tarmog‘ini kengaytirish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu xizmat va dasturlaringizni yuqori darajada maqsadli auditoriyaga — ta’lim muassasalari, EdTech kompaniyalari, davlat va xalqaro tashkilotlar hamda soha mutaxassislariga taqdim etish, ustun jihatlaringizni namoyish etish va foydali aloqalarni o‘rnatish uchun qulay imkoniyatdir.
Ko‘rgazmada ishtirok etish investitsiya nuqtai nazaridan ham jozibador: O‘zbekiston aholisi 38 milliondan ortiq bo‘lib, mamlakatda 6 776 300 dan ortiq maktab o‘quvchilari va 1 551 1721 talaba tahsil olmoqda. Bu yuqori sifatli ta’lim va zamonaviy ta’lim yechimlariga bo‘lgan kuchli talabni shakllantirib, rivojlanish, innovatsiyalar va biznesni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
1 2025-yil dekabr holatiga ko‘ra.