«Ta’lim va o’quv texnologiyalari - Ta’limExpo / ISUE 2026» 3-Xalqaro ko`rgazma

14 - 16 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Eng innovatsion va istiqbolli loyihalar mualliflari imtiyozli kreditlarga ega bo‘ldi

Ko‘rgazma doirasida bitiruvchilarning ishga joylashuvi, ularning kasbiy rivoji, shaxsiy brendni shakllantirish, yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirish hamda professional tarmoqlarga integratsiya masalalariga bag‘ishlangan seminar va treninglar tashkil etildi.

Tadbir davomida “O‘zmilliybank” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bitiruvchilar uchun mazmunli taqdimotlar o‘tkazdilar. Ular talabalarni dolzarb bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari hamda moliya sohasidagi amaldagi dasturlar bilan tanishtirdilar. Yoshlar uchun ishga joylashish tartiblari, mavjud vakant lavozimlar, yangi tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar, shuningdek moliyaviy maslahatlar va amaliy qo‘llab-quvvatlash choralari batafsil tushuntirildi.

Bundan tashqari, yetakchi kompaniyalar asoschilari — “PALMA SAMARQAND”, “LA ESMERALDA UZ” va “YUKSALISH GROUP” — ishtirokchilar bilan biznes yuritish tajribasi, muvaffaqiyat hikoyalari va shaxsiy hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Seminar davomida talabalar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar, balki tadbirkorlik bo‘yicha qimmatli bilimlar, bozorning real chaqiriqlari, muvaffaqiyat omillari va shaxsiy brendni shakllantirishning amaliy jihatlari bilan ham tanishdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida o‘z tadbirkorlik g‘oya va loyihalariga ega bitiruvchilar startap tashabbuslarini keng jamoatchilik va mutaxassislarga taqdim etdilar. Eng innovatsion va istiqbolli loyihalar mualliflari ularni rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish uchun imtiyozli kreditlarga ega bo‘ldilar.

Manba